3:38 AM 1-avgustdan biometrik pasport berish boshlanadi | |
1-avgustdan boshlab biometrik pasport berish Toshkent shahrining Mirzo Ulug’bek, Hamza, Yakkasaroy va Shayxontohur tumanlarida boshlanadi. "Uznews.net” saytining xabar berishicha, hozir bu tumanlarda fuqarolardan yangi pasport uchun kerak bo’ladigan barmoq izlari, suratlar va boshqa ma’lumotlar to’planmoqda. Bu ma’lumotlar elektron "chip” orqali pasport qog’oziga kiritiladi. Pasportlar Mirzo Ulug’bek tumanida tayyorlanib, Toshkent shahrining sinov uchun tanlangan qolgan uch tumaniga tarqatiladi. Biometrik pasportlarni bosmadan chiqarish uchun xorijdan keltirilgan uskunalar Mirzo Ulug’bek tumaniga o’rnatilgan. Yil oxirigacha respublika bo’ylab fuqarolardan ma’lumot yig’ish uchun 215 ta ro’yxatdan o’tkazish markazlari tashkil etiladi. Shuningek, xorijdagi elchixona va konsulliklarda ham shunday markazlarning 40 tasi ochilishi mo’ljallangan. Yangi pasport tizimiga o’tish shu yilning birinchi yanvaridan boshlanishi rejalangan edi. Tayyorgarlik ishlari hali ham dastlabki bosqichda bo’lgani uchun pasport berishni boshlash muddati kechiktirilgan. Yangi pasport tizimi soxta pasportlar yasalishining oldini olish hamda chegarani kesib o’tish paytida fuqarolarning shaxsini aniqlash jarayonini tezlatish va osonlashtirish maqsadida amalga oshirilayotgani aytiladi. Shuningdek, yangi tizim xalqaro fuqaro aviatsiyasi xavfsizligi va talablarini ta’minlash maqsadiga ham xizmat qiladi. | |
|
Всего комментариев: 0 | |