Cost-Movies.Ucoz.coM
Cost-MovieS.Ucoz.CoM
Payshanba, 2024-12-05,   5:44 AM   Приветствую Вас, Гость | RSS
Главная » 2011 » Avgust » 26 » “Afrosiyob” tezyurar poezdi taqdimoti
1:20 AM
“Afrosiyob” tezyurar poezdi taqdimoti


2011-yil 30-avgustda "Interkontinental” mehmonxonasida «Toshkent — Samarqand» temir yo‘li yo‘nalishi bo‘yicha yuqori tezlikda

harakatlanuvchi "Afrosiyob” elektropoezdining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tadi.
"Afrosiyob” elektropoezdi 250 km/soat tezlikda harakatlanish imkoniga ega bo‘lib, uning ilk qatnovi Toshkent – Samarqand temir yo‘l

uchastkasida yo‘lga qo‘yiladi, deya xabar qiladi "O’zbekiston temir yo‘llari” DATK Axborot xizmati.

«PATENTES TALGO S.L.» (Ispaniya) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan ushbu tezyurar poyezd 22-iyulda Toshkentga olib kelingandi.

"Afrosiyob” elektropoyezdi ikki asosiy lokomotiv, 8 ta yo’lovchi vagonlari va bitta vagon-restorandan iborat. Poyezdda VIP-joylar, birinchi va

iqtisod klasslari mavjud. Shuningdek, nogironlar va imkoniyati cheklanganlarga ham sharoitlar yaratilgan.

Poyezd 257 yo’lovchiga xizmat qiladi. Poyezdning maksimal tezligi 250 km/soat bo’lib, Toshkentdan Samarqandga ikki soatda yetib keladi.

Bunda yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoezdlar Toshkent – Yangier temir yo‘l uchastkasida 160 km/soat tezlikda, Yangier –

Dashtobod temir yo‘l uchastkasida 250 km/soat tezlikda, Dashtobod – Samarqand temir yo‘l uchastkasida 160 km/soat tezlikda

harakatlanishini tashkillashtirish ko‘zda tutilmoqda. Ayni paytda "Registon” tezyurar poyezdi bu masofani 3,5 soatda bosib o’tadi.

Samarqandgacha bo’lgan yo’lning ikki tomoni xafvsizlik to’siqlari bilan to’sildi. Samarqand va Toshkent vokzallari yangi poyezdni qabul

qilish va jo’natishga moslandi.

Ikkinchi tezyurar poyezd O’zbekitonga oktabr oyida olib kelinadi.
Категория: █☆█Новости | Просмотров: 746 | Добавил: makidonsky | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]