Cost-Movies.Ucoz.coM
Cost-MovieS.Ucoz.CoM
Payshanba, 2024-12-05,   5:41 AM   Приветствую Вас, Гость | RSS
Главная » 2011 » Avgust » 20 » Amerika haqida yaxshi bilamizmi?
3:11 AM
Amerika haqida yaxshi bilamizmi?


AQShda yashash va ishlash uchun vatandoshlarimizga kerak bo‘ladigan masalalar bo‘yicha huquqiy maslahatlar berib borish gazetamiz oldida turgan asosiy vazifalardan. Shu maqsadda gazetamizning har bir sonida huquqiy maqolalar berib boryapmiz.

Ushbu an’ananing davomi sifatida "Amerika huquqi” nomli yangi rukn ochishga qaror qildik. Ushbu rukn ostida Amerika Qo‘shma Shtatlari davlatining huquqiy asoslari va boshqaruv shakllari hamda fuqarolik va immigratsiya masalalari haqida davomli maqolalar chop etib borishni foydali deb topdik. Siz bu maqolalarda AQSh davlat tizimi haqida umumiy ma’lumot olish bilan birga, fuqarolik asoslari va bu o‘lkada qonuniy yashash va ishlash uchun bilish lozim bo‘lgan huquqiy masalalar haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lib borasiz. Yoritilayotgan mavzular bo‘yicha sizda savollar tug‘ilsa yoki sizni qiziqtirgan boshqa masalalar haqida o‘qishni istasangiz, ularni huquqshunos@vatandosh.com elektron manzilimiz orqali bajonidil qabul qilamiz.

Quyida yani rukn debochasi sifatida berilayotgan birinchi maqolamizda AQSh davlati huquqiy asoslari haqida ma’lumot beramiz.

AMERIKA QO‘SHMA SHTATLARI HUQUQIY TIZIMIDA FUQAROLARNING O‘RNI

Amerika Qo‘shma Shtatlarida hokimiyatni boshqarish huquqi xalqdan olinadi. Mashhur ibora shuki, hokimiyat xalqdan tashkil topgan va xalqqa xizmat qiladi. AQShda hokimiyat organlarini fuqarolar shakllantiradi va ushbu organlarning siyosatini belgilash-da fuqarolar faol ishtirok etadi. Shu-ning uchun fuqarolar muhim jamoaviy muammolar haqida ma’lumotga ega bo‘lishi va o‘z shtat, okrug va shaharlari siyosiy hayotida faol ishtirok etishlari lozim. Fuqarolar erkin saylovlar yo‘li bilan ovoz beradi va prezident, vitse-prezident, senatorlar va vakillik pala-tasi a’zolari singari muhim davlat xizmatchilarini saylaydi. Barcha fuqarolar ular tomonidan saylangan mansabdor shaxslarga o‘z munosabatini bildirish, ma’lumot talab qilish va tegishli savollar yuzasidan yordam olish huquqiga ega.

Davlat boshqaruv shakli bir necha muhim prinsiplar (qadriyatlar)ga asos-lanadi: erkinlik, imkoniyatlar, tenglik va odillik. Amerikaliklar bu qadriyatlarni yaxshi biladi va bu qadriyatlar fuqarolik jamiyati hissini shakllantirishga xizmat qiladi.

AQSh davlati har bir fuqaroning huquqlarini himoya qiladi. Bu davlat kelib chiqishi turli bo‘lgan hamda turli madaniyat va dinga ega fuqarolardan tashkil topgan. Davlat hokimiyati organlari va qonunlar shunday qurilganki, turli kelib chiqishga ega va turli madaniyat va diniy qadriyatlarga ergashuvchi odamlar bir xil huquqlarga ega. Hech kim ko‘pchilik fikri va munosabatidan farqli bo‘lgan shaxsiy fikri yoki munosabati uchun qiynoqlarga solinishi yoki javobgarlikka tortilishi mumkin emas.

XALQDAN TASHKIL TOPGAN VA XALQQA XIZMAT QILADIGAN XALQ HOKIMIYATI – DEMOKRATIYA NIMA?

"Demokratiya” so‘zi xalq hokimiyati degan ma’noni bildiradi. Turli davlatlarda demokratiya turli ko‘rinishlarga ega. AQShdagi demokratiya "vakillik demokratiyasi” deyiladi. Bu esa xalq o‘z nuqtai nazar va maqsadlarini aks ettirgan mansabdor shaxslarni hokimiyat organlariga saylashini anglatadi.

"AMERIKA QO‘SHMA SHTATLARI” NOMLI DAVLAT QANDAY BOSHLANGAN?

Bo‘lajak Amerika Qo‘shma Shtatlari hududiga kelgan ilk koloniyachilar va kelgindilarning ko‘pchiligi o‘z davlatlarida nohaq munosabatda bo‘lingan, ayniqsa diniy tazyiqlarga uchragan qochoqlar edi. Ular erkinlikka va yangi imkoniyatlarga intilishgan. Hozirgi kunda ham ko‘plab odamlar aynan shu sabablar bilan AQShga keladi.

Alohida va mustaqil davlat bo‘lishidan oldin Amerika Qo‘shma Shtatlari hududi Buyuk Britaniya boshqaruvidagi 13 ta koloniyadan iborat edi. Koloniyalarda istiqomat qiluvchilar qonunlarni qabul qilish va boshqaruv organlariga saylovlarda qatnashish huquqidan mahrum edi. Ular, ayniqsa, vakolatsiz soliq majburiyatlariga qarshi edi. Odamlar soliq to‘lashga majbur, ammo jamiyatni boshqarish usullariga ta’sir o‘tkazish huquqiga ega emas edi.

1776-yilga kelib ko‘pchilik bunday tuzim adolatsiz ekanligini va o‘z mamlakatlarini o‘zlari boshqarishi kerak ekan-ligini anglab yetdi. Shu yili koloniyalar vakillari "Mustaqillik Deklaratsiyasi”ni qabul qildi. Bu muhim hujjatda koloniyalar erkin va mustaqil hamda Buyuk Britaniyaga kamroq bo‘gliq ekanligi e’lon qilingan edi. "Mustaqillik Deklaratsiyasi” Tomas Jefferson tomonidan yozilgan. Keyin-chalik esa Tomas Jefferson Amerika Qo‘shma Shtatlarining uchinchi prezidenti bo‘ldi.

SIZ NIMALAR QILISHINGIZ MUMKIN?

Agar siz AQShda doimiy yashash huquqiga ega bo‘lsangiz, fuqarolarga berilgan ko‘plab huquq va erkinliklarga ega hisoblanasiz. Ayni paytda bir qator majburiyatlaringiz ham bor. Muhim majburiyatlardan biri bu o‘z (tuman) shahar jamoaviy hayotida ishtirok etish. Shuningdek, amerikacha hayot tarzi, bu davlat tarixi va davlat qurilishi haqida bilishingiz lozim. Turli kurslarda tahsil olib yoki mahalliy matbuotni o‘qib bunday ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

DASTLABKI O‘N UCH KOLONIYA

AQShdagi ilk o‘n uch kaloniyaga quyidagi tartibda asos solingan edi:

Virjiniya, Massachusets, Merilend, Konnektikat, Rod-Aylend, Delaver, Nyu-Hempshir, Shimoliy Karolina, Janubiy Karolina, Nyu-Jersi, Pensilvaniya va Jorjiya.

"Mustaqillik Deklaratsiyasi” 1776-yil 4-iyulda imzolangan. Shuning uchun ham har yili 4-iyul Mustaqillik Kuni – AQSh davlatining tug‘ilgan kuni sifatida nishonlanadi.

AQSh o‘z ozodligi va mustaqilligi -uchun Buyuk Britaniyaga qarshi kurash olib bordi. Amerika qurolli kuchlarini urush davomida general Jorj Vashington boshqardi. Jorj Vashington "Asos-chi Otalar”ning biri sifatida mashhur. Keyinchalik Jorj Vashington Amerika Qo‘shma Shtatlarining birinchi prezidenti bo‘ldi.

Koloniyalar urushda g‘alaba qozongach, ular shtatlarga aylandi. Har bir shtat o‘z boshqaruviga ega edi. Ushbu shtatlar aholisi shtatlarni yagona davlat ostida birlashtirib, yangi boshqaruv shaklini yaratishni xohlashdi. Bugungi kunda bunday boshqaruv federal boshqaruv deyiladi. Amerika Qo‘shma Shtatlari 50 shtatdan, Kolumbiya federal okrugi (federal hokimiyat organlari joylashgan alohida hudud) va Guam, Sharqiy Samoa va Virjin orollari hamda Shimoliy Marian orollari va Puerto-Rikodan tashkil topgan.
Категория: █☆█Новости | Просмотров: 1610 | Добавил: makidonsky | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]