5:05 PM Amerika sharqi kuchli to'fon ostida(video) | |
Amerika sharqi kuchli to'fon ostida Amerikaning sharqiy shtatlari shiddatli to'fon bilan yuzlashmoqda. Atlantika okeanidan kelgan "Ayrin" (Irene) to’foni bugun, shanba kuni erta bilan Shimoliy Karolina sohillarini urmoqda. Kelasi bir necha soat ichida Virjiniya, Merilend, Delaver, Nyu-Jersi va Nyu-York shtatlariga ham yetib boradi. Butun mintaqa bo'ylab favqulodda holat e’lon qilgan. Sohilbo’yidan millionlab aholi evakuatsiya qilingan. Nyu-York shahrida jamoat transporti ishdan to'xtagan. Mutaxassislarning aytishicha, bu to'fon hajm jihatdan butun Yevropa maydoniga teng. Uning "ko'zi", ya'ni markaziy nuqtasi Shimoliy Karolinaga to'g'ri kelgan. To'fon soatiga 140-150 kilometr tezlikda esmoqda. Suv toshqinlari kuzatilmoqda. Minglab aholi elektr tokisiz qolgan. Daraxtlar qulab, ko'chalar to'silgan. Butun mintaqa bo'ylab favqulodda holat e’lon qilgan. "Ayrin" Puerto-Riko, Bagama orollari va Dominikana Respublikasida bir necha kishini hayotdan olib ketdi. Bu ofat AQShda oxirgi uch yilda kuzatilganlaridan eng xatarlisi deya taxmin qilinmoqda. Prezident Barak Obama aholiga murojaat qilib, hukumat ehtiyot choralarni ko'rayotganini, lekin xavfli hududlarda yashaydigan odamlar u yerni darhol tark etishi kerakligini aytdi | |
|
Всего комментариев: 0 | |