6:09 AM Amerika sharqida 5,8 ballik zilzila | |
![]() Bugun Aqsh vaqt bilan 13:51 da poytaxt Vashington va mamlakatning sharqiy shtatlarida yer qimirladi. AQSh Geologiya agentligi berayotgan ma'lumotlarga ko'ra, zilzila markazi Richmond, Virginiya poytaxti va Sharlotsvill shahri orasida. Vashingtondan qariyb 140 kilometr janubda. Yer silkinishi Massachusetts shtati, ayni damda prezident Barak Obama dam olayotgan hududda ham sezilgan, shuningdek, Pensilvaniya va Jorjiyada. AP Evakuatsiya Atlantika okeani sohili bo'ylab Shimoliy Karolina va Massachusetts orasida Virginiyadan tashqari Kolumbiya okrugi (Vashington shahri), Merilend, Delaver, Nyu-Jersi, Nyu-York, Konnektikut va Roud-Ayland bor. Poytaxtda zilzila ro'y bergan zahotiyoq barcha federal komplekslar, jumladan Kapitoliy (Kongress binosi), Pentagon (AQSh Mudofaa vazirligi binosi) va "Amerika Ovozi" ham evakuatsiya qilindi. ![]() AP Vashington Ish kuni erta tugadi, ammo jamoat transportlari faoliyati to'xtagani yo'q. Virjiniya shtatidagi ikki atom reaktori avtomatik ravishda o'chgan. Xavfsizlik choralari joyida, deydi rasmiylar. Zilzilani boshdan kechirgan odamlar esa hamon vahimada ekanini aytadi. "Kim ham o'ylabdi Vashingtonda bunday narsani", - deydi bir amerikalik. "Bu yerlar seysmik jihatdan xavfli ekanini bilmagan edik". ![]() Mamlakat sharqida oxirgi marta 1886 yilda 7,3 ballik zilzila yuz bergan. ![]() VOA Nyu-York "Suv toshqinlari, to'fon va dovullarga o'rganib ketganmiz, ruhan tayyormiz ularga. Lekin zilzila degan narsa umuman boshqacha bo'lar ekan. Hayot o'sha damlarda qanchalik shirin tuyulganini bilsangiz edi", - deydi yana bir guvoh. Yozning bu paytida ishxonalar u qadar gavjum emas, ko'pchilik ta'tilda, lekin poytaxt hamisha sayyohlarga to'la. Ishdan uyga erta qaytgan amerikaliklar xonadonida narsalar qulab tushgani, idish-tovoqlar singani, devorlar darz ketganini aytmoqda. | |
|
Всего комментариев: 0 | |