1:32 AM Dinimiz ichidagi din dushmanlariga aldanmang! | |
Dinimizning dushmanlari nafaqat tashqi tarafdan dinimizga putur yetkazishgan, balki ichki tarafdan turib ham har-hil oqimlarni ishlab chiqib, hozirgi kungacha Musulmonlar o'rtasida ihtilof va nafratga aylangan adovatlarni uyg'otib kelishmoqda Asosan hozirgi vaqtda ko'plab yoshlarimiz, ilmsizlik oqibatida har-hil din dushmanlari tarafidan tayyorlangan "uloma"larga ergashib, nafaqat ihtilofiy masalalarda balki e'tiqodiy masalalarda xam, asosan to'qilgan va uydurma manbaalarni Musulmonlarning ongiga singdirib Ahli Sunna val Jama'a vakillarini o'rtasida o'zaro kuchli adovatlarni uyg'otishga musharraf bo'lishmoda Hozirgi kunda shunday din dushmanlari sabab bo'lib o'rtaga chiqan ihtilofiy masalalarda o'zaro baxslashayotgan aksar yoshlarimizu qarilarimiz, asl dushman naryog'da qolib, bir-birlari bilan juda ham achinarli holatda haqoratlaru, hatto-ki yoqqa olishlargacha borib, eng daxshatlisi musulmon musulmonning qonini to'kishgacha olib bordi Payg'ambarimizdek (s.a.v) zotning ummatlari bugungi kunga kelib juda ham bir achinarli ahvolda qoldilar! Agarda Payg'ambarimiz (s.a.v) biz ya'ni hozirgi ummatlarni ko'rganlarida edi, juda xam qattiq hafa bo'lib ketgan bo'lar edilar, vallohua'lam! | |
|
Всего комментариев: 0 | |