Cost-Movies.Ucoz.coM
Cost-MovieS.Ucoz.CoM
Payshanba, 2024-12-05,   5:25 AM   Приветствую Вас, Гость | RSS
Главная » 2011 » Avgust » 20 » Google 12,5 milliard dollarga Motorola Mobility kompaniyasini sotib olmoqda
10:12 PM
Google 12,5 milliard dollarga Motorola Mobility kompaniyasini sotib olmoqda


Google internet-kompaniyasi Motorola kompaniyasining mobil telefonlar va smartfonlar ishlab chiqaruvchi Motorola Mobility bo‘linmasini sotib olish to‘g‘risidagi kelishuvga erishdi. Motorola kompaniyasining rasmiy matbuot-relizida keltirilishicha, kelishuv miqdori 12,5 milliard dollarni tashkil qiladi.
Google tomonidan ishlab chiqilgan Android mobil operatsion tizimi bugungi kunda bir qator ishlab chiqaruvchilarning smartfonlariga va planshet kompyuterlariga, jumladan Motorola qurilmalariga ham o‘rnatilmoqda. Bloomberg nashrining yozishicha, Google o‘zining ushbu xaridi bilan smartfonlar bozorida Apple kompaniyasining iPhone smartfoni bilan kuchli raqobatga kirishayotganligini bildirdi.
Yana shuni ham aytib o‘tish joizki, ushbu bitim endi AQSh, Yevropa Ittifoqi va boshqa mamlakatlarning antimonopol organlari tomonidan ma’qullanishi lozim. Bu boradagi barcha bosqichlar 2011-yil oxirlari yoki 2012-yil boshlarigacha tugallanishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2000-yillarda Motorola telefonlari dunyodagi eng mashhur telefonlardan biri bo‘lgan. Biroq, Amerika kompaniyasi keyinchalik bozorda o‘z o‘rnini ancha yo‘qotib qo‘ydi. Xususan, 2011-yilning birinchi choragida butun dunyo bo‘ylab sotilgan mobil qurilmalardan atigi 2,1 foizini Motorola apparatlari tashkil etdi.
Google shu paytgacha biror xarid uchun bunchalik katta miqdordagi mablag‘ni sarflamagan. Uning eng katta xaridi 3 milliard dollardan ortiqroqqa sotib olingan DoubleClick kompaniyasi bo‘lgan.
Категория: █☆█Новости | Просмотров: 631 | Добавил: makidonsky | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]