Cost-Movies.Ucoz.coM
Cost-MovieS.Ucoz.CoM
Chorshanba, 2024-04-24,   4:38 AM   Приветствую Вас, Гость | RSS
Главная » 2011 » Avgust » 27 » MASHHURLAR KURASH MUSOBAQASI: KIM G`OLIB BO`lDI?
6:06 AM
MASHHURLAR KURASH MUSOBAQASI: KIM G`OLIB BO`lDI?



Hadeb dahanaki jang qilavermaylik, kim kuchliligini aniqlash fursati keldi. Qani mard bo`lganing maydonga chiq, deya Adham Soliiyev hamkasblarini kurashga chorlagandi, unga qarshi maydonga qiziqchi Zokir Ochildiyev chiqib keldi. Vajohatidan ot hurkayotgan qiziqchimizni ko`rib Adham miyig`ida kulgancha "Yana to`rt kishi orqasidan tayyorlanib tursin!” desa bo`ladimi?
So`ngra hamma o`z vazni bo`yicha kurashga tusha boshladi. Keyingi juftlik bu Dilshod Rahmonov va Valijon Shamshiyev bol`di. Hamkasbi Zokir Ochildiyevning yiqilganidan jahli chiqqan Valijon Dilshodni dast ko`tarib yerga urdi! 
Xonanda va qiziqchi bo`lavermasin, degan maqsadda endi gilamga ikki qiziqchi Ma`mur Holmedov va Sanjar Shodiyevni tushirdik. Sanjar epchilligini ko`rsatib Ma`murdan ustun keldi.
O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Mirzabek Holmedov esa bular orasida mening vaznimga to`g`ri keladigani yo`q ekan, deya sport ustasini gilamga taklif etdi. Sport ustasi san`atkorimizni hurmat qildimi yoki Mirzabek aka epchillik qild
imi ko`z ochib yumguncha mashhur qiziqchimiz sport ustasini dast ko`tarib yiqitdi. 
Valijondan yengilgan Dilshod Rahmonov alamini Abdurashid Yo`ldoshevdan oldi. Bir marta yiqitgandan keyin Dilshod Rahmon bo`ldi endi charchadim deya, gilamni tark etdi.  

Eng qizg`in kurashlardan biri bu shubhasiz O`lmas Olloberganov va Abdurashid Yo`ldoshev bahsi bo`ldi. Dilshod Rahmonning hiylasidan alami kelgan Abdurashid O`lmasni yiqitishga bor kuchini sarfladi... 


Ammo O`lmas muntazam sport bilan shug`ullanadi shekilli, yo bo`lmasa bolaligidan kurashib o`sganmi, Abdurashidni yelkasi osha oshirdi. Halol!



Adhamga mag`lub bo`lganidan xunobi oshib turgan Zokir Ochildiyev shu zahoti o`rnidan turib kameraga qarab "Qayerdasan Avdulla Tangriyev, qayersadan”, deb qolsa deng! Bo`ldi kulgu, bo`ldi kulgu... Xullas, shunday qilib mustaqillik bayrami arafasida o`tkazilgan "Mashhurlar kurashi” musobaqamiz, nihoyasiga yetdi. Agar bu sizga yoqqan bo`lsa, biz xursandmiz.


Bayramingiz muborak bo`lsin, azizlar!



Категория: █☆█Новости | Просмотров: 1642 | Добавил: makidonsky | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]