Cost-Movies.Ucoz.coM
Cost-MovieS.Ucoz.CoM
Juma, 2024-04-19,   10:08 AM   Приветствую Вас, Гость | RSS
Главная » 2011 » Avgust » 24 » Mustaqillik arafasidagi mukofotlar kimlarga nasib etdi?
10:42 PM
Mustaqillik arafasidagi mukofotlar kimlarga nasib etdi?


Har yilgidek, bu yil ham O'zbekiston Respublikasining Mustaqillik bayrami arafasida Muhtaram Prezidentimiz Islom Abdug'anievich Karimov tomonlaridan bir qator soha vakillari qatorida Madaniyat va san'at olami vakillarini ham mukofotlash to'g'risidagi farmon e'lon qilindi.

Demak, quyida sizning e'tiboringizga madaniyat va san'at olamiga yaqin bo'lgan bir qator mukofotlangan ijodkorlar bilan tanishtiramiz. Ularning orasida taniqli aktyor-u xonandalar, rejissor va operatorlarni ham ko'rishingiz mumkin.

"O'zbekiston Respublikasi san'at arbobi"

G'ulomov Najmiddin – "O'zbekfilm" kinostudiyasi postanovkachi-operatori

"O'zbekiston Respublikasi xalq artisti"

Ibrohimova Malika Malikovna – O'zbek milliy akademik drama teatri aktyori

"O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan artist"

Nosirova Gulchehra Hakimovna – Muqimiy nomidagi o'zbek davlat musiqiy teatri aktyori
Husanova Xosiyatxon Ergashevna – O'zbek milliy akademik drama teatri aktyori
Hamroqulov Oybek Nuriddinovich – "O'zbeknavo" estrada birlashmasi xonandasi

"O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi"

Rustamova Dildora Nasriyevna – O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi "O'zbekiston" telekanali diktori
Xushvaqtov Erkin Boltayevich – O'zbek milliy akademik drama teatri bosh rejissor yordamchisi, dramaturg

"Buyuk xizmatlari uchun" ordeni

Yo'lchiyeva Munojatxon Abduvaliyevna – Akademik va xalq badiiy jamoalar direksiyasi yakkaxon xonandasi
Razzoqova Muyassar Qodirovna – Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston davlat akademik katta teatri opera solisti

"El-yurt hurmati" ordeni

Abdullayeva Yayra Umarovna – O'zbek milliy akademik drama teatri aktyori
Boyxonova Zulayho Mamajonovna – Muqimiy nomidagi o'zbek davlat musiqali teatri artisti
Ibrohimova Rixsixon Ismoilovna – O'zbek milliy akademik drama teatri aktyori

"Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni

Saidqosimov Po'lat – O'zbekiston kinoarboblar birlashmasi a'zosi, aktyor

"Mehnat shuhrati" ordeni

Yo'ldoshev Orifjon Yo'ldosh o'g'li – "O'zbekfilm" kinostudiyasi rejissori

"Do'stlik" ordeni

Jalilova Klara Alimadatovna – O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan artist, pensioner
Matchanov Matyaqub Sa'dullayevich – O'zbek davlat drama teatri aktyori
Shoma'rupov Abdulla Nabiyevich – "O'zbeknavo" estrada birlashmasi xonandasi

"Shuhrat" medali

G'aniyev Abduvohid Abdulhakimovich – Yoshlar tajriba ijodiy "5-studiya"si kinooperatori
Категория: █☆█Новости | Просмотров: 1177 | Добавил: makidonsky | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]