7:44 PM Mustaqillik xaqida afsona film | |
Muhammad Solih tilga olgan GKChPning uch kunlik hukmronligi haqida "sho‘rolarning so‘nggi talvasasida” ham hikoya qilinadi. Syujeti prezident kitobiga qurilgan film mualliflari "o‘zlarini davlat favqulodda holat qo‘mitasi, deb e‘lon qilgan bir guruh siyosiy avantyuristlar” Mixail Gorbachyov boshchiligidagi qonuniy hokimiyatni ag‘darib, davlat to‘ntarishini sodir etishganini ham eslaydi. Bunda ularning iddaosiga ko‘ra, o‘sha kunlari Hindistonda safarda bo‘lgan prezident Karimov vaqtidan ilgari O‘zbekistonga qaytib keladi va GKChPning "bir guruh gumashtalari”, uning yo‘qligidan foydalanib chiqargan qarorlarni bekor qiladi: "Toshkent aeroportida yurtboshimizni rasmiy kishilardan tashqari Turkiston harbiy okrugi bosh qo‘mondoni hamda markazdan kelgan uch nafar general kutib oldi. Bu mavjud qonun-qoidalarga mutlaqo zid edi. Islom Karimov o‘sha kuni kechqurun hukumat a‘zolari bilan uchrashib O‘zbekiston hududida GKChPning qonunga zid qarorlarini bekor qilish haqida ko‘rsatma berdi. Shu tariqa GKChP gumashtalari O‘zbekiston hukumati nomidan qabul qilgan barcha hujjatlarni bekor qildi. O‘zbekiston hududida GKChP faoliyati batamom to‘xtatildi.” GKChPni keskin qoralagan va O‘zbekiston xalqini Putch buyruqlariga bo‘sinmaslikka chaqirgan Erk yetakchisi Muhammad Solih ham o‘sha kunlarni yaxshi eslaydi. - Bu g‘irt yolg‘on. Tom teskarisi bo‘lgan. Karimov samolyot bortida turib Yanayevga tabrik telegrammasi jo‘natgan. O‘sha paytda buni butun dunyo bilgan va eshitgan. Qanday qilib bu yaqindagina bo‘lib o‘tgan voqealarni soxtalashtiradi? Bu aqlga sig‘maydigan gap. O‘zbek xalqi bilishi kerak. O‘zbek xalqi shuni bilishi kerakki, 21 yildan beri O‘zbekiston hukumati tepasida turgan odam O‘zbekistonning, o‘zbek xalqining mustaqilligiga qarshi bo‘lgan birinchi odam va buning uchun so‘ngigacha kurashgan odam. Ammo Sovyet Ittifoqi yiqilganidan keyin majbur bo‘lib mustaqillik tarafdorlari tomoniga o‘tdi. U ikkiyuzlamachi, munofiq bir inson. Erk yetakchisi, mustaqillikka erishish tarixini eslar ekan, aslida O‘zbekiston Oliy Kengashi mamlakat mustaqillik deklaratsiyasini 1991 yil 31 avgustdan ancha avval qabul qilgan edi, Karimov esa nafaqat bu deklaratsiyaga qarshi chiqqan, balki undan qo‘rqib, qochib ketgan edi, deya davom etadi. - Biz O‘zbekiston musatqillik deklaratsiyasini 1990 yil 20 iyunda Oliy Kengashda qabul qildik. Deputatlarning 90 foizi Karimovning xohishiga qarama qarshi bir shaklda bu deklaratsiyaga ovoz berdi. Karimov deklaratsiya qabul qilingan kuni kechqurun Andijonga qochib ketdi. Men bu so‘zni mubolag‘a qilib aytayotganim yo‘q. Haqiqatan ham qochib ketdi. O‘sha kuni mustaqillik deklaratsiyasi O‘zbekiston radiosida va televideniyesida e‘lon qilinmadi. Buni Karimovning buyrug‘i bilan e‘lon qilishmadi. Chunki bu deklaratsiya Moskvaning ijozati olinmasdan, Moskvaning xohishiga qarama qarshi ravishda xalq vakillari tarafidan qabul qilingan edi. Karimov bundan juda qo‘rqib ketdi va shuning uchun Toshkentda bo‘lmaslikka harakat qilib, Andijonga bahona bilan qochdi. O‘zbekiston mustaqilligiga erishish yo‘lida ko‘rsatgan qahramonligiyu, boshdan kechirgan sarguzashtlari qatorida film mualliflari masalan, Islom Karimovning Bo‘ka voqealari paytida g‘azab otiga mingan olomon ichiga ot minib kirib borgani, Namanganda hokimiyat binosini egallab olgan aqidaparastlar ichiga kirib borib ularga qarshi chiqqani va shunga o‘xshash boshqa holatlarni hikoya qilib beradi. Film mualliflarining ishora qilishicha, ana shu ma‘noda "Mahatma Gandi yoki Nelson Mandela O‘zbekiston yetakchisi bilan bir qatorda yodga olinishga arziydilar". Islom Karimovga 1991 yildagi prezidentlik saylovlarida yagona raqib bo‘lgan Muhammad Solihning bu borada o‘z qarashi bor. - Bu Nelson Mandelaning ustidan, Gandi ustidan kulish va ularga haqorat bu. Ularni bir munofiq bilan yonma-yon qo‘yish buyuk insonlarning xotirasi uchun haqorat. Haqiqatan, Karimovning hukmronligi, Karimovning davlat tepasiga kelishi tarixning burilish paytiga to‘g‘ri keldi. Ammo Karimovga o‘xshagan insonlar tarixiy burilish paytidagi kurmaklardir xolos. | |
|
Всего комментариев: 0 | |