3:04 PM Obamaning yillik daromadi qancha? | |
Yaqinda e’lon qilingan hisobotga ko’ra, 2011-yilda Oq Uyda ishlovchi xodimlar maoshi uchun jami 37.1 mln. dollar sarflangan. Ushbu hujjatda har bir Oq Uy xodimining ism-sharifi, lavozimi va oladigan maoshi miqdori aniq ko’rsatilgan. Bu yilgi hisobotda Oq Uy xodimlari sonining 469 tadan 454 taga kamaygani ko’rsatilgan. Maoshlar uchun sarflanadigan yillik xarajat ham 1.7 mln. dollarga ozaygan. Eng yuqori maosh oluvchilar soni 21 ta bo’lib, ularning har biri yiliga 172, 200 dollar maosh olgan. Eng kam yillik ish haqi esa 41, 000 dollar ekani belgilangan. Uch maslahatchi maoshsiz xizmat ko’rsatgan. AQS Prezidenti Barak Obamaning yillik maoshi 400, 000 dollar. | |
|
Всего комментариев: 0 | |