Cost-Movies.Ucoz.coM
Cost-MovieS.Ucoz.CoM
Juma, 2024-03-29,   8:23 AM   Приветствую Вас, Гость | RSS
Главная » 2011 » Sentyabr » 5 » “Registon” guruhi va Valijon Shamshiyev Nyu Yorkda bayram konsertini beradi
5:32 AM
“Registon” guruhi va Valijon Shamshiyev Nyu Yorkda bayram konsertini beradi





O’zbekiston Respublikasining Nyu York shahridagi Bosh konsulxonasi mamlakatimiz mustaqilligining 20 yilligiga bag’ishlab, 4-sentabr kuni soat 19.00 da katta bayram kechasini o’tkazmoqda. Tadbirda O’zbekistondan kelgan taniqli san’atkorlar – 

"Registon” milliy guruhi a’zolari hamda qiziqchi Valijon Shamshiyev o’zlarining yangi dasturlari bilan ishtirok etadi.

Kecha "King David” restoranida bo’lib o’tadi. Manzil: 101-10 Queens Blvd., Forest Hills, NY 11375.

Chiptalar narxi $60. Ishtirokchilar uchun bayram dasturxoni yoziladi. Qo’shimcha ma’lumot uchun telefon: 917-955-5290. Tadbir haqida 

"Facebook”da ochilgan sahifadan ham ma’lumot topishingiz mumkin.

Bruklindan keluvchilar uchun bepul transport tashkil etiladi. Avtobus Bruklindagi Brighton Beach Avenue hamda Coney Island Avenue 

ko’chalari kesishgan chorrahadan 18.00 da  jo’naydi.

Bayram kechasining asosiy mehmoni – "Registon” milliy guruhi. "Registon” guruhi 2005-yilda O’zbekiston Davlat konservatoriyasi 

professori, mohir musiqachi Zulxorbek Turapov rahbarligida tashkil etilgan. Guruh O’zbekistonda va xalqaro 

sahnalarda  nom qozongan bir qator o’zbek mumtoz musiqasi ustalarini o’zida jamlagan.

"Registon” guruhi bugungacha Yaponiya, Belgiya, Gollandiya, Avstriya, Qozog’iston, Latviya, Litva, Xitoy va Misr kabi xorijiy o’lkalarda o’z 

san’atini namoyish etgan. Guruhning asosiy maqsadi o’zbek millliy musiqasini jahonga targ’ib etish va 

tanitish.

Barcha vatandoshlarimizni ushbu bayram kechasida kutib qolamiz.


Категория: █☆█Новости | Просмотров: 842 | Добавил: makidonsky | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]